Hongkong bojxonasi rekord darajadagi kontrabanda oltinni topdi
Qo‘lga kiritilgan qimmatbaho metalning bozor qiymati 84 million dollarni tashkil etadi.

Foto: info.gov.hk
Honkong bojxonachilari ikkita havo kompressori ichiga yashirilgan 146 kg vaznli kontrabanda oltin quymalarini topdi.
Qo‘lga kiritilgan qimmatbaho metalning bozor qiymati 84 million dollarni tashkil etadi.
«Bu Honkong bojxonasi tomonidan aniqlangan tarixdagi eng yirik kontrabanda», deyiladi bojxona xabarida.
Bojxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, yuk Yaponiyaga yo‘l olgan ikkita havo kompressoridan iborat bo‘lishi kerak edi. Tekshiruv davomida xodimlar kompressorlar uchun ehtiyot qismlar sifatida qolipga solingan va yashirilgan kontrabandani aniqladi. Ular qurilmalar ichida edi.
Yuk 27 mart kuni qo‘lga olingan. Tekshiruvdan so‘ng, 3 aprel kuni bojxonachilar oltinni noqonuniy olib o‘tishga aloqadorlikda gumon qilingan 31 yoshli erkakni qo‘lga oldi, tergov harakatlari davom etmoqda. Hibsga olingan shaxs garov evaziga qo‘yib yuborildi.
Import va eksport qoidalariga ko‘ra, noqonuniy yuk tashishda aybdor deb topilgan har bir kishi maksimal 2 million dollar jarimaga tortiladi va yetti yilgacha qamoq jazosiga tortiladi, deya eslatdi matbuot xizmati.
Mavzuga oid

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025