O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - Tashqi ishlar vazirligi

Foto: TIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini ma’lum qildi.
O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.
«Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz», deyiladi vazirlik bayonotida.
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroil tomon o‘nlab dron va raketalarni uchirdi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hujumdan so‘ng darhol xalqqa murojaat qilib, mamlakat uzoq yillardan buyon Eron hujumiga tayyorgarlik ko‘rganini, hukumat «har qanday ssenariyga, mudofaaga ham, hujumga ham tayyorligini» ta’kidladi.
Ushbu hujum Isroil aviatsiyasi Eronning Suriya poytaxti Damashqdagi konsulxonasiga hujumiga javoban amalga oshirilgan.
Mavzuga oid

11:09
Isroil G‘azoga ketayotgan va bortida Greta Tunberg bo‘lgan kemani qo‘lga oldi

09:19
Isroilda Tunberg bo‘lgan kemani G‘azoga kiritmaslik haqida buyruq berildi

18:56 / 06.06.2025
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi

15:21 / 06.06.2025