Dubayda kuchli jala tufayli suv toshqini yuz berdi, samolyotlar parvozi to‘xtatildi
Suv toshqini oqibatida Dubay xalqaro aeroporti faoliyati ham cheklandi.

Foto: Reuters
Birlashgan Arab amirliklarining (BAA) Dubay shahrida kuchli jala quyishi oqibatida suv toshqini yuz berdi.
Hodisa tasvirlangan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Lavhalarda yashin chaqnagani, kuchli jala quygani, ko‘chalarni, metroni suv bosganini ko‘rish mumkin.
Suv toshqini oqibatida Dubay xalqaro aeroporti faoliyati ham cheklandi. Aeroport hududi va uchish-qo‘nish yo‘laklari suv ostida qolgani tufayli samolyotlar parvozi kechiktirilmoqda.
Uzbekistan Airways xabariga ko‘ra, ob-havo sharoiti noqulayligi va kuchli yomg‘irlar tufayli, HY334 «Dubay - Toshkent» aviaqatnovi kechiktirilgan. Qayd qilinishicha, havo kemasi qariyb 7 soatlik kechikish bilan Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

14:36
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

15:50 / 22.04.2025
«BAAda o‘limga hukm qilingan o‘zbekistonliklar jazosini yengillatish borasida harakatlar olib borilyapti» – TIV

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

11:01 / 15.04.2025