1 maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi - Energetika vazirligi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, energoresurslar uchun oldindan pul to‘lab qo‘ygan mijozlar tarif o‘zgargan taqdirda ham, 2 oy davomida eski tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Foto: Energetika vazirligi
Agar 1 maygacha hisob raqam to‘ldirib qo‘yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
1 maydan boshlab, aholi energoresurslar uchun ijtimoiy norma asosida tabaqalashtirilgan tartibda haq to‘lay boshlaydi.
Biroq, Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari» haqidagi qaroriga ko‘ra, maishiy iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra, 2 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda tarif o‘zgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
Xuddi shunday me’yor «Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari»da ham belgilab qo‘yilgan. Unda, tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi 2 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinishi qayd etilgan.
Ammo qarzdor yoki may oyining boshidayoq shaxsiy hisob raqamida mablag‘i tugab, yangi to‘lovni amalga oshirishga majbur bo‘lgan abonentlar uchun tarif o‘zgaradi hamda ular tegishli tartibda yangi tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Mavzuga oid

11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi

20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

19:06 / 03.03.2025