«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati tumanlarining birida «Agrobank» boshlig‘i bankka olingan yangi Onix avtomobilini mast holda boshqarib, avariyaga uchragani to‘g‘risida xabar tarqaldi. «Agrobank» matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr
Aniqlanishicha, bankning Oltinsoy filiali boshqaruvchisi, 1989 yilda tug‘ilgan A.Ya. filialga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi 75 747 ZAA oq rangli Chevrolet Onix avtomobilini 18 aprel kuni kech soat 23:00 lar atrofida boshqarib ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining so‘rovnomasiga asosan Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi vrachi, narkolog tomonidan narkologik ekspertiza o‘tkazilib, 18 apreldagi «Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazganlik to‘g‘risida»gi xulosasida mastlik holati aniqlanmagani qayd etilgan.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YHXX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid

19:21 / 10.06.2024
"Agro Invitro": Jizzaxda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyiha ishga tushirildi

16:39 / 07.12.2023
Agrobank ATB tizimdagi korrupsion holatlarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi

08:57 / 06.10.2023
Agrobankning “Suvchilar maktabi” loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda

18:50 / 02.06.2023