O‘zbekiston | 08:11 / 02.05.2024
2738
1 daqiqa o‘qiladi

Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumani sudyasi pora olayotganda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: iStock

Qayd etilishicha, ushbu mazmundagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.  

1 may kuni fuqaro U.R. (vaqtincha hech qayerda ishlamaydi) Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ishlar bo‘yicha jarimalarni shu sudda ishlaydigan tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 1000 dollar olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Ayni paytda tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Mavzuga oid