Toshkentda maktabga o‘yinchoq pichoq olib kelgan o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda qo‘lida pichoq bo‘lgan o‘quvchi aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 6 may kuni sodir bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabning 11-«J» sinf o‘quvchisi I.J. maktabga o‘rtoqlariga maqtanish maqsadida pichoq ko‘rinishidagi o‘tmas jism (o‘yinchoq) olib kelgan va tanaffus vaqtida atrofidagilarga ko‘rsatib maqtangan. U bu jarayonni o‘zining telefoniga s’yomka qilgan.
O‘quvchilar tomonidan maktab direktoriga xabar berilgan. O‘quvchi va uning ota-onasi bilan mahalla inspektori, maktab rahbariyati va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida sodir etilgan xatti-harakati yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Voyaga yetmagan o‘quvchining ota-onasiga nisbatan MJtKning 47-moddasiga asosan jarima jazosi qo‘llangan.
Ayni vaqtda, o‘quvchi J.I. o‘zining xatti-harakatiga nisbatan ko‘rilgan choradan noroziligini maktab ma’muriyati va Milliy gvardiya xodimiga bildirgan hamda videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan, deyiladi Toshkent shahar MMTB axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid

16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi

10:45 / 18.04.2025
Berlinda vokzallar va transportda pichoq olib yurish taqiqlanadi

12:55 / 01.03.2025
Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

14:30 / 17.02.2025