Qo‘qonda avtomobildan yasama pul sochgan shaxsga chora ko‘rildi
Pul sochgan shaxs va avtomobil haydovchisiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida yo‘lda tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, yasama pul sochgan shaxs va haydovchiga chora ko‘rildi. Bunga ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha asos bo‘lgan.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay turib transportni boshqargan, hamda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qayd qilinishicha, «yo‘l harakati qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzganlarga» nisbatan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Qo‘qon shahri Jinoyat sudi qaroriga ko‘ra, tanasini avtomobil lyukidan chiqarib, yasama pul sochgan shaxs 15 sutkaga, ushbu avtomobilni boshqargan haydovchi 10 sutkaga qamaldi.
Mavzuga oid

19:52 / 24.04.2025
Farg‘onada 2 gektar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

10:37 / 11.04.2025
Farg‘onada 120 mln dollarga metallurgiya zavodi quriladi

17:46 / 04.04.2025