Qirg‘izistonda 16 kg giyohvandlik moddalarini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Giyohvandlik moddalarining Axsi va Olabuqa tumanlari orqali O‘zbekiston hududiga olib kirilishining oldi olindi.

Foto: Qirg‘iziston IIV
Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kriminal olamda “Japayi” (yovvoyi) laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga giyohvandlik moddalarini olib o‘tish bilan shug‘ullanib kelgan guruh a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya 2024 yil qishidan boshlangan.
Ma’lum qilinishicha, uyushgan guruh Qirg‘izistonning Axsi hamda Olabuqa tumanlari orqali O‘zbekiston hududiga giyohvandlik olib o‘tish bilan shug‘ullanib kelgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda kriminal dunyoda “Japayi” (yovvoyi) nomi bilan tanilgan, muqaddam sudlangan J.A. qo‘lga olingan.
Maxsus operatsiya davomida 16,107 kg gashish giyohvandlik moddasi musodara qilingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalarini to‘xtatib qolgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025