Shavkat Mirziyoyev poyezd va samolyotlar uchun chipta topib bo‘lmasligini tanqid qildi
“Sayyohlar mahalliy reyslarga samolyot va poyezd uchun ikki oy uyoqda tursin, yarim yil oldin chipta olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda”, – dedi davlat rahbari. Prezident topshirig‘i bilan, qo‘shni davlatlar bilan chegaradan o‘tishni yana yengil qilish bo‘yicha muzokara o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm sohasi bo‘yicha yig‘ilishda mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi poyezd va samolyotlarga chipta topish qiyinligini tanqid qili.
“Eng muhim masalalardan biri – sayyohlar mahalliy reyslarga samolyot va poyezd uchun ikki oy uyoqda tursin, yarim yil oldin chipta olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Mutasaddilarga barcha qatnovlar haqida ma’lumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish topshirildi. Bunda chiptalarni tabaqalashgan narxda kamida 6 oy oldin savdoga chiqarish tizimi joriy qilinadi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Yig‘ilishda, shuningdek, mutasaddilarga qo‘shni davlatlardagi hamkasblari bilan chegaradan o‘tishni yana yengil qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazish topshirildi.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan festivallar kalendar-rejasini takomillashtirish, chet ellik mashhur ijrochilar konsertini o‘tkazishga talablarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mavzuga oid

08:20 / 09.06.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

13:27 / 06.06.2025
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi

12:05 / 02.06.2025