Jizzaxda bolalarni shippak bilan urgan tarbiyachi ishdan olindi
G‘allaorol tumanidagi bog‘cha tarbiyachisi bolalarga kuch ishlatgani tasdiqlandi.

Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanidagi 16-son davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bolalarga kuch ishlatgani tufayli ishdan olindi. Bu haqda Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni shippak bilan urgani tasvirlangan videolavha tarqalgan.
Holat yuzasidan ishchi guruhi tuzilgan. Aniqlanishicha, tasvirda aks etgan ko‘ngilsiz hodisa tashkilot tarbiyachisi tomonidan sodir etilgan.
Xabarga ko‘ra, tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, 2024 yil 19 iyundan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Xizmat tekshiruv ishlari davom etayotgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:26 / 05.04.2025