Niderlandiyada o‘zbekistonlik 101 nafar askar xotirasiga bag‘ishlangan alohida bo‘limga ega muzey tashkil etilmoqda
O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyaning Lyosden munitsipaliteti meri Gerolf Buvmeyster bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, mer O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ajdodlar shonli tarixi, xususan, fashizmga qarshi kurashda jon fido qilgan o‘zbekistonlik 101 nafar askarning xotirasini tiklashga qaratilayotgan ulkan e’tiborni yuksak baholadi.
"Fashistlar tashlab ketgan bir parcha nonni baham ko‘rib, eng og‘ir vaziyatlarda ham matonat va yuksak insoniy fazilatlarni namoyon etgan o‘zbek harbiy xizmatchilarining qahramonliklari tarixchi olim sifatida meni juda ruhlantirdi. Ota-bobolaringiz jasoratlari fashistlarning rejalari va mafkurasini barbod etib, madaniyatli xalq qanday bo‘lishi kerakligini amalda isbotlab berdi. O‘sha davrda o‘zbek askarlarining qahramonliklari haqida golland tilida ko‘plab she’rlar yozilgan. Natijada shonli tarix xotirada saqlanib qolgan", – qayd etdi mer.
Lyosden munitsipaliteti aprel va may oylarida "Rastxof" qabristonida dafn etilgan sovet askarlari, jumladan, o‘zbekistonlik 101 nafar urush faxriylariga hurmat bajo keltirish uchun har yili o‘tkaziladigan xotira tadbirlarini an’ana sifatida saqlab qolishga intilyapti.
Ayni paytda "Rastxof" qabristoni yonida muzey tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, unda o‘zbekistonlik 101 nafar askar xotirasiga bag‘ishlangan alohida bo‘lim tashkil etiladi.
Lyosdendagi Sovet harbiy qabristonida Sobiq Ittifoqdan 865 nafar urush qurbonlari, jumladan, 101 nafar o‘zbekistonlik askar dafn etilgan. Niderlandiya fuqarosi, "Sovet shon-sharaf maydoni" jamg‘armasi boshqaruv kengashi raisi Remko Reyding ko‘p yillar davomida ularning shaxsini aniqlash va xotirasini saqlab qolish ustida ishlamoqda. Jamg‘arma askarlarning yaqinlarini qidirib, qabrlarining ziyoratini tashkil etadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
Jahon | 11:10
-
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi
Jahon | 10:53
-
S&P Global Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «ijobiy» darajaga yaxshiladi
O‘zbekiston | 10:51
-
Shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid jinoyatlar 40 foizga oshdi
O‘zbekiston | 10:39
Mavzuga oid

11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi

00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi

00:22 / 25.04.2025
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi

14:03 / 15.03.2025