Tadbirkor gaz bo‘yicha noqonuniy hisoblangan 200 mln so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi “Milliy taomlar” (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari gaz ta’minoti korxonasi xodimlarining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Foto: Hududgaz Sirdaryo
Biznes-ombudsman xabariga ko‘ra, korxona barcha talablarga asosan faoliyat yuritib, gaz hisoblagichni qonuniy ravishda o‘rnatgan va servis xizmati shartnomasiga ega bo‘lgan.
2024 yil 28 mart kuni “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishda dalolatnoma asosida 231 mln so‘m qarzdorlik hisoblangan.
Biznes-ombudsman aralashuvi bilan “O‘zenergoinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan qayta hisob-kitob o‘tkazildi. Natijada haqiqiy qarzdorlik 33 mln so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Tadbirkor noqonuniy hisoblangan 200 mln so‘mga yaqin qarzdorlikdan ozod qilindi.
Mavzuga oid

11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:07 / 05.05.2025