Marin Le Pen Ukrainaga fransuz raketalari bo‘yicha cheklov qo‘ymoqchi
Fransiya «Milliy birdamlik» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen uning partiyasi parlament saylovida g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Ukrainaga fransuz qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishni taqiqlashini aytdi.

Foto: Global Look Press
Le Pen bu haqda CNN bilan intervyu vaqtida aytgan. Shuningdek, Le Penga ko‘ra, uning partiyasi g‘olib chiqsa, fransuz askarlarini Ukrainaga yuborish masalasi hatto muhokama qilinmaydi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Makron Ukrainaga mamlakatda ishlab chiqarilgan qurollar bilan Rossiyadagi harbiy nishonlarga zarba berishga ruxsat etgandi. Shuningdek, Makron G‘arbda Ukrainaga qo‘shin yuborish masalasini ko‘targan yagona siyosatchi hisoblanadi.
Marin Le Pen o‘z pozitsiyasini izohlar ekan, Fransiya urushning bevosita ishtirokchisi bo‘lmasligi kerakligini aytgan. Uning partiyasi Fransiyadagi parlament saylovlari birinchi turida g‘alaba qozongan va so‘rovlar ikkinchi tur ham ularning g‘alabasi bilan yakunlanishini taxmin qilish imkonini beradi.
Mavzuga oid

13:33
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

21:23 / 24.04.2025
Zelenskiy Trampga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha yangi takliflar yuborilganini ma’lum qildi

15:26 / 24.04.2025