Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketdi
Yong‘in “Kamaz” harakatlanayotganda sodir bo‘lgan va yuk mashinasining saloni, to‘rtta shinasi hamda kuzovining bir qismi yonib ketgan.

Foto: FVB
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 9 iyul kuni sodir bo‘lgan.
Shu kuni soat 22:08 da M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani “Oqoltin” MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Oqibatda, yuk mashinasining salon qismi, 4 ta balloni hamda kuzovi qisman yongan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 22:36 da o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.
“Barcha haydovchilardan, avtomashinalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini va yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:32 / 31.07.2025
Sergelidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

13:58 / 31.07.2025
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi

10:40 / 30.07.2025
Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

18:21 / 29.07.2025