Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan Damas haydovchisi 14 nafar yo‘lovchini olib ketayotgani aniqlandi
Jizzax viloyatida Damas haydovchisi «prava»siz 14 nafar yo‘lovchini tashigan.

Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Damas haydovchisi 14 nafar yo‘lovchini olib ketayotgani aniqlandi.
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, avtomashina jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Damas avtomobili aslida 7 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
O‘zbekistonda bu kabi qoidabuzarliklar keng tarqalgan. Ko‘pincha bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari hududlarda Damas’da tashiladi.
Mavzuga oid

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025
Jizzaxda AES uchun birinchi ishlab chiqarish binolari qurilishi boshlandi

20:05 / 09.04.2025
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

23:07 / 04.04.2025