Surxondaryo viloyat sudi sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
«Ibratli sudya» mukofoti bilan taqdirlangan sudya 3 ming dollar bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda.

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudi sudyasi 3 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar berdi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd qilinishicha, ushbu sudya «o‘tgan yillarda ibratli sudya tanlovlarida g‘olib bo‘lgan nufuzli shaxslardan biri edi».
Xabarda uning ismi sharifi keltirilmagan. Shuningdek, hozircha holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilmadi.
«Ibratli sudya» mukofoti 2020 yilda joriy etilgan bo‘lib, u bilan odil sudlovni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritgan sudyalar taqdirlanadi.
Mavzuga oid

12:36
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

11:55 / 21.04.2025
Toshkentda sudya mast holatda mashina olib qochgani aytilmoqda

23:16 / 11.04.2025