BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili tayinlandi
Yaponiyalik Akiko Fujii missiyaga rahbarlik qiladigan bo‘ldi.

Foto: UNDP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Akiko Fujii xonimni O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili etib tayinladi.
Qayd qilinishicha, Fujii BMTTD loyihalarida 25 yildan ortiq tajribaga ega, butun dunyoda turli rahbarlik lavozimlarini egallagan. O‘zbekistonga tayinlanishidan oldin u Maldiv orollaridagi doimiy vakil va Viyetnamdagi doimiy vakil o‘rinbosari, Fijidagi ko‘p mamlakatli vakolatxonada (Fiji, Mikroneziya Federativ Davlatlari, Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu va Vanuatu) va Yamaykada ishlagan. Shuningdek, Sudan, Yaponiya va Pokistonda ham faoliyat yuritgan.
BMTTD loyihalaridagi faoliyatidan oldin Fujii turli rivojlanish tashkilotlarida, jumladan, BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) Vena (Avstriya) va Kioto (Yaponiya) shahridagi jamiyatni rivojlantirish nodavlat tashkilotida ishlagan.
Fujii Sasseks universitetida (Buyuk Britaniya) gender va rivojlanish bo‘yicha hamda Kioto universitetida (Yaponiya) gumanitar fanlar va atrof-muhitni o‘rganish bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.
Mavzuga oid

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:48 / 22.04.2025
Yaponiya narxlar oshishi fonida Janubiy Koreyadan guruch import qilishni boshladi

22:43 / 15.04.2025
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi

00:20 / 12.04.2025