Toshkentda Wizz Air aviakompaniyasi reysi 17 soatga kechiktirildi
Parvoz texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilgan, yo‘lovchilar mehmonxona bilan ta’minlangan.

Foto: Uzbekistan Airports
Toshkent vaqti bilan soat 12:05 da parvoz qilishi kerak bo‘lgan Wizz Air aviakompaniyasining Toshkent–Abu-Dabi (5W7160) yo‘nalishi bo‘yicha reysi texnik sabablarga ko‘ra aeroportda qolmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasiga tashkiliy masalalarni hal qilish uchun vaqt kerak bo‘lgan. Mazkur reysning 105 nafar yo‘lovchisi, jumladan, xorijlik fuqarolar aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilgan.
Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha parvoz 31 iyul kuni soat 4:00 da amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

23:14 / 09.06.2025
Vengriya migrantlarni kiritmaslik uchun kuniga 1 mln yevro to‘lashga tayyor - Viktor Orban

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025