Hindiston janubidagi ko‘chkilar oqibatida 151 kishi vafot etdi
Kuchli yog‘ingarchilik ortidan yuzaga kelgan ko‘chkilar sabab 300 dan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Foto: Reuters
Hindiston janubida kuchli yomg‘irlardan so‘ng ko‘chkilar sodir bo‘ldi va unda kamida 151 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda hukumat vakillari ma’lum qildi.
Kerala shtati Vayanad okrugidagi tepaliklarda birinchi ko‘chki 30 iyul seshanbaga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:00 da sodir bo‘lgan. Oradan 2 soat o‘tib yana bir ko‘chki yuz bergan.
Ko‘chkilar oqibatida 186 kishi turli darajada jarohat olgan. Ofat odamlarning turar joylarini yer bilan bitta qilgan, daraxtlarni ko‘chirib, ko‘priklarni buzib tashlagan.
187 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Hozirgacha 77 marhumning shaxsi aniqlangan. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi choy plantatsiyalari ishchilari bo‘lgan.
Meppadi, Mundakkay va Choralama tumanlarida yo‘llar yuvilib, turar joylarga zarar yetgan, deydi Kerala shtati rasmiysi Pinarayi Vijayan.
PTI agentligining yozishicha, Mundakkay tumani uchun ko‘chkilar odatiy hodisaga aylangan. Biroq bu safargi ko‘chki natijasida tuproq, shag‘al va toshlar oqimi markazdan 6 km olisdagi Choralmala qishlog‘iga qadar yetib borgan. Natijada qishloqdagi 300 dan ortiq uy vayron bo‘lgan. 8300 kishi hukumat tomonidan tashkil etilgan 82 ta lagerga joylashtirilgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi jabrlanganlarning oilalariga 2400 AQSh dollari miqdorida kompensatsiya berilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

22:02 / 24.04.2025
Hindiston Pokistonni sayyohlar o‘limida ayblab, uni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda. Urush boshlanishi mumkinmi?

18:09 / 24.04.2025
Hindiston Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan hujumdan keyin pokistonliklar vizasini bekor qildi

09:30 / 24.04.2025
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi

23:43 / 23.04.2025