Yaponiya Markaziy Osiyoga Rossiya hududini chetlab o‘tib Yevropaga chiqish yo‘lini tashkil etishda yordam bermoqchi - OAV
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida shu hafta Qozog‘istonda o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammitida mintaqaga moliyaviy yordam paketini e’lon qilishni rejalashtirgan. Yapon OAVga ko‘ra, bu qo‘llov, xususan, MOdan Yevropaga RF hududini chetlab o‘tadigan savdo yo‘lagini tashkil etishga qaratilgan bo‘ladi. Avvalroq shunga o‘xshash reja haqida AQSh rasmiysi ham gapirgandi.

Foto: Yaponiya bosh vaziri matbuot xizmati
Shu hafta Qozog‘istonda 5+1 formatidagi “Markaziy Osiyo – Yaponiya” ilk muloqoti bo‘lib o‘tadi. Bu uchrashuvda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida mintaqa uchun iqtisodiy ko‘mak paketini e’lon qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar tarqatdi The Japan Times.
Nashrning hukumatdagi manbalariga asoslanib yozishicha, bu yordam paketi Markaziy Osiyoni Kaspiy dengizi orqali Yevropa bilan bog‘laydigan savdo yo‘lagini tashkil etishga yo‘naltiriladi.
Yapon hukumati shu tarzda Rossiya va Xitoy ta’siri ostidagi mintaqaga iqtisodiy mustaqillikni ta’minlashda yordamlashishni maqsad qilgan.
Iqtisodiy ko‘mak, shuningdek, dekarbonizatsiya va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham nazarda tutadi. Xususan, tabiiy gazni qayta ishlash va boshqa sohalarda uglerod chiqindilarini kamaytirish uchun Yaponiya kompaniyalarining texnologiyalari va qarzlari taqdim etilishi kutilmoqda.
Fumio Kishida 9-12 avgust kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
E’tiborlisi, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan Rossiya hududlarisiz bog‘laydigan savdo yo‘li haqida o‘tgan hafta AQShda ham gapirilgan edi. AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Jyeyms O'Brayyenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington MOni Armaniston yoki Ozarboyjon orqali jahon bozorlariga olib chiquvchi quruqlik savdo yo‘lini tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Agar biz Armaniston yoki Ozarboyjon orqali o‘tadigan marshrutni ocha olsak, ular jahon bozorlariga chiqish imkoniga ega bo‘lishadi hamda Rossiya va Xitoyga bog‘liqligi ancha kamayadi”, – degandi O'Brayyen AQSh Senatidagi qo‘mita eshituvlarida.
Mavzuga oid

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

13:04 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

09:10 / 24.04.2025