Xorazmda noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirildi
Uni saqlab kelgan fuqaro jarimaga tortildi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Xorazm viloyati, Urganch shahridagi «Ashxobod» mahallasida joylashgan binoda sher noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi.
Ekologiya boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reydda qonunbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92-moddasiga ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilgan. U bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.
Ta’kidlanishicha, sher vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Holatga aniqlik kiritish, sher fuqaroning qo‘liga qanday tushib qolganini aniqlash maqsadida surishtiruv boshlangan.
Mavzuga oid

12:45
Xorazmda Rossiyadan deportatsiya bo‘lganlarga soxta pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullangan guruh aniqlandi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

16:24 / 28.05.2025
Akademik Azimboy Sa’dullayev 78 yoshida vafot etdi

19:26 / 26.05.2025