O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechakning oldini olish choralari ko‘rilmoqda
Sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar o‘rnatiladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kasallikning yangi shtammi asosan O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali bog‘liq bo‘lmagan Afrika mamlakatlarida tarqalmoqda. Ammo shunga qaramay, aeroportlarda ushbu kasallikning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik ko‘rinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan.
Xususan, aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda ma’lumot beriladi va ba’zi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon bo‘lishi tushuntiriladi. Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar o‘rnatiladi.
Oldinroq Sanepidqo‘mita boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromov maymunchechakning O‘zbekistonga kirib kelmasligi uchun qat’iy choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilib, xorijiy davlatdan qaytgan fuqarolar sog‘lig‘ida o‘zgarish sezsa, tashxislash uchun shifokorga borishini tavsiya qilgandi.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025