Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur kompaniyasi O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston elchixonasi Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalaridan biri - Chan Brothers Travel bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Foto: Dunyo
Hamkorlik doirasida NATAS Holidays 2024 xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida O‘zbekiston turizm salohiyati keng namoyishi etildi. Tadbirda 60 ta eksponent va 12 ta milliy turizm tashkilotlari qatnashdi.
20 ming kvadrat metr maydonda bo‘lib o‘tgan ushbu ko‘rgazma nafaqat Singapur, balki Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa ko‘plab davlatlaridan tashrif buyurgan keng jamoatchilikni ham o‘ziga jalb qildi.
Ko‘rgazma mehmonlariga mamlakat madaniy merosi, noyob tarixiy obidalari va go‘zal tabiat manzaralari aks etgan turistik paketlar taqdim etildi.
Yil oxirigacha Chan Brothers Travel kompaniyasi Singapurdan O‘zbekistonning asosiy turistik markazlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

21:16 / 21.07.2025
Indoneziya politsiyasi chaqaloq savdogarlari tarmog‘ini fosh qildi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:20 / 28.05.2025
O‘zbekiston va Singapur yarimo‘tkazgichlar sohasida hamkorlik qiladi

15:01 / 24.05.2025