Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlaydigan test tizimlarini beradi
Test tizimlarining dastlabki to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkazilishi ta’kidlanmoqda.

Foto: RIA Novosti
Rossiya O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlaydigan test tizimlarini beradi, dastlabki to‘plam shu haftada yetkaziladi. Bu haqda «Rospotrebnadzor» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 26 avgust kuni Rossiya bosh davlat sanitariya vrachi Anna Popova raisligida YeOII davlatlari aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligi sohasidagi vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari ishtirok etgan. Shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari ishtirok etish uchun taklif etilgan.
Yig‘ilishda maymunchechak kasalligi bo‘yicha Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qilinishi bilan bog‘liq vaziyat muhokama etilgan. Kengash a’zolarining fikricha, YeOII davlatlari, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistonda maymunchechakning tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.
Ishtirokchilar epidemiyaga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni muhokama qilgan. Ta’kidlanishicha, Yevroosiyo mintaqasining barcha mamlakatlari chegarada sanitariya va karantin nazorati choralarini kuchaytiradi.
Qayd qilinishicha, hamkorlar Rossiyadan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etishni so‘ragan. Test tizimlarining dastlabki to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkazilishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

01:15
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda

21:53 / 30.04.2025
Rossiyaning sabzavotchilikka ixtisoslashgan hududi mehnat migrantlari taqchilligiga duch keldi

20:06 / 30.04.2025
Rossiya va KXDR o‘rtasida avtomobil ko‘prigini qurish boshlandi

16:03 / 30.04.2025