O‘zbekistonda davlat boshqaruviga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston va Sloveniya davlat boshqaruviga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Sloveniyaning Yojyef Shtefan nomidagi institutining Axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarni uzatish markazi rahbari Mitey Yermol va "Mintaqaviy muloqot" xalqaro nodavlat tashkiloti direktori Katey Gershak bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Istiqbolli yo‘nalishlar — axborot texnologiyalari, jumladan, davlat boshqaruviga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning ahamiyati alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti delegatsiyasining iyul oyida Lyublyana shahriga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lumot berildi.
Tomonlarni qiziqtirgan asosiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

12:30 / 22.04.2025
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi

09:32 / 21.04.2025
Eron armiyasi sun’iy intellektga asoslangan o‘ta maxfiy quroli borligini ma’lum qildi

17:14 / 19.04.2025