Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli qizaloq halok bo‘ldi
Haydovchi mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan va o‘z yo‘lidan kelayotgan boshqa mashina bilan to‘qnashgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 yoshli qizaloq halok bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 1 sentabr kuni soat 20:30 larda sodir bo‘lgan.
M-39 avtomobil yo‘lining Samarqand tumani hududidan o‘tgan qismida “VAZ-2107” mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan va “Spark”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, “VAZ-2107” avtomobili haydovchisining 2020 yilda tug‘ilgan farzandi og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi vafot etgan.
Mavzuga oid

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

12:00 / 05.06.2025
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi

16:44 / 04.06.2025