Oltin narxi yana rekord o‘rnatdi
2024 yil boshidan beri oltinning birja qiymati 20 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Foto: Getty Images
Nyu-York Comex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi 12 sentabr kungi savdolar chog‘ida o‘zining tarixiy rekordini yangiladi va troya unsiyasi uchun 2,58 ming dollardan oshdi.
Toshkent vaqti bilan soat 22:45 holatiga ko‘ra, birjadagi dekabr oltin fyucherslari narxi 2580 dollarga yetdi.
Oltinning birja narxi oxirgi marta 20 avgust kuni o‘z rekordini yangilagan bo‘lib, unsiya uchun 2563,9 dollarga (+0,89%) ko‘tarilgan edi.
2024 yil boshidan beri oltinning birja qiymati 20 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bloomberg qimmatli metall narxining oshishini AQSh Federal zaxirasi tomonidan stavkaning pasaytirilishi kutilayotgani va inflatsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1,75 mlrd dollarga oshib, 1 sentabr holatiga 39,15 mlrd dollarga yetgan edi. Bu oshish asosan oltin hisobiga ro‘y berdi.
Mavzuga oid

17:15 / 20.04.2025
Respublika tovar-xomashyo birjasiga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:45 / 13.02.2025