Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Foto: Videodan kadrlar
DXX xabariga ko‘ra, unda Urganch shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zining yashash xonadonida 64 452 dona dori vositalarini kelgusida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 2 908 608 000 so‘mni tashkil qiladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM ekspertiza tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining ayrim turlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmaganligi, ayrimlari esa sifatsiz va yaroqsiz holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi

10:46 / 14.03.2025