Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1,75 milliard so‘m: Yandex 2024 yilgi Yandex Cup dasturlash bo‘yicha xalqaro chempionatida ishtirok etishga taklif etmoqda

Foto: Yandex
Yandex joriy yilda sovrin jamg‘armasi 1,75 milliard so‘mni tashkil etadigan Yandex Cup dasturlash bo‘yicha yettinchi xalqaro chempionatiga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligi haqida e’lon berdi. Turnirning finali Toshkentda o‘tkaziladi va barcha iqtidorli dasturchilarga o‘z mahoratlarini namoyish etish imkonini yaratadi.
Chempionat oltita yo‘nalishni qamrab oladi: tahlil, frontend va backend ishlab chiqish, mobil dasturlash, mashinali o‘rganish hamda "Algoritm" yo‘nalishi doirasida sport dasturlash.
Yandex Cup 2024 bosqichlari:
📌 14 oktyabrdan 20 oktyabrgacha - onlayn saralash
📌 2 noyabr - onlayn yarim final
📌 2-6 dekabr - final va taqdirlash marosimi
Ishtirok etish uchun arizalarni chempionatning rasmiy veb-saytida 20 oktyabrgacha topshirish mumkin.
Eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan g‘oliblar Yandex‘da soddalashtirilgan tartib bo‘yicha suhbatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tadbir sahifasida batafsil ma’lumotlar bilan tanishish va ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Mavzuga oid

14:02 / 24.07.2025
Nescafé’dan ilk qahva, bankrot bo‘lgan Kia va YandexMoney ochilishi – 24 iyul dunyo biznesi tarixida

16:38 / 13.06.2025
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex

17:00 / 07.11.2024
Yandex Uzbekistan musiqiy tavsiyalarni o‘zbek tilida taqdim qiladi

14:06 / 26.10.2024