Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi
Ushbu hujjat savdo va investitsiyaviy hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlashga yordam beradi.

Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Portugaliya davlat vaziri va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjyel bilan uchrashdi.
"Portugaliya Davlat vaziri va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjyel janoblari bilan birgalikda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni imzoladik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.
Ushbu hujjat savdo va investitsiyaviy hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlashga yordam beradi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama va global kun tartibidagi qator mavzular ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid

11:11
Yamalning davri hali kelmadi. Ronaldu finalda hal qiluvchi golni urdi, muxlislar yana uning nomini qo‘shiq qilib kuyladi

16:09 / 28.05.2025
O‘zbekistonning Portugaliyadagi yangi elchisi tayinlandi

11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi

19:50 / 16.05.2025