Termizda yopiq temiryo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan Gazel poyezd tagida qoldi
Temiryo‘l to‘sig‘iga urilgan Gazel ag‘darilib tushgan va uning kuzov qismini poyezd lokomotivi bosib ketgan.

Foto: Kun.uz
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida temiryo‘l kesishmasida Gazel kichik yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, hodisa kecha 2024 yil 28 sentabr kuni kunduzi ro‘y bergan.
Yo‘lovchi poyezdi o‘tishi sababli temiryo‘l kesishmasi avtomobillar harakati uchun yopilgan paytda Gazel mashinasi qoidalarni buzgan holda kesishmadan o‘tib ketishga uringan.
Shunda kesishmada avtomobillar harakatini to‘suvchi metall to‘siq ko‘tarilgan va Gazel unga urilib ag‘darilib tushgan.
Bu paytda kesishmaga yaqinlashib qolgan poyezd lokomotivi ag‘darilgan mashinaning kuzov qismini bosib to‘xtab qolgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, Gazel tuman elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli bo‘lgan va hodisada hech kim halok bo‘lmagan. Faqat Gazel haydovchisi tan jarohati olgan. Hodisa tufayli yo‘lovchi poyezdi bir muddat to‘xtab qolgan.
Hodisa yuzasidan ma’lumot olish uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatiga yuborgan savolimiz javobsiz qoldi.
Mavzuga oid

13:02
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

21:44 / 17.04.2025