O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida maslahatlashuvlar qo‘mitasi tashkil etiladi
O‘zbekiston va Indoneziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Ikki tomonlama maslahatlashuvlar qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-Yorkda Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashdi.
Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi bilan uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarda, xususan, savdo, "yashil" energiya, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari sohalarida foydalanilmagan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
O‘zaro munosabatlarga yangi sur’at bag‘ishlash maqsadida O‘zbekiston va Indoneziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida Ikki tomonlama maslahatlashuvlar qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid

18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi

20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi

23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi

22:01 / 23.04.2025