Menejyerlik sertifikatiga ega bog‘cha mudiralariga ustama to‘lanadi
O‘zbekistonda endi bog‘cha mudiralarini ham menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish tizimi joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida aytib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bir yil oldin maktab direktorlarini o‘qitish tizimi joriy etilgan edi. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda ulardan 1 ming 206 nafari menejerlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Hozir ana shu direktorlarga ustama berilmoqda.
Endi bu amaliyot 2025 yil 1 sentabrdan bog‘cha mudiralariga ham tatbiq etiladi va ularga har oyda 30 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Maktab direktori, uning boshqaruvchilik mahorati haqida muhim qo‘llanma bo‘ladigan kitoblar yo‘qligi qayd etilib, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda maktab direktorlari haqida ana shunday kitob tayyorlansa, ayni muddao bo‘lishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid

18:21 / 09.04.2025
Noqulay sharoitlarda ishlovchi ayrim xodimlarga ustama to‘lanadi

23:47 / 26.02.2025
Endi bog‘cha tarbiyachilari ham vazir jamg‘armasidan ustama olishi mumkin

16:36 / 10.02.2025
Sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga ham 50 foiz ustama beriladi

16:45 / 13.01.2025