Samarqandda boshqa mashinaning raqamini taqib 76 marta qoida buzgan haydovchi ushlandi
Qoidabuzar haydovchiga rasmiylashtirilgan bayonnomalarga ko‘ra unga yozilgan jarimalar miqdori taxminan 50 mln so‘m atrofida bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida mashinasiga boshqa mashinaning davlat raqamini taqib yurgan haydovchi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatida yashovchi haydovchi “Lasetti” mashinasiga “Damas” mashinasiga berilgan davlat raqamini taqib olgan. So‘ng u yo‘llarda ko‘p marotaba tezlik qoidalarini buzgan.
Jumladan, u 2024 yil yanvar oyidan hozirgacha jami 76 marotaba mashina tezligini belgilangan me’yordan oshirgani radar qurilmalariga qayd etilgan.
Viloyat IIB YHXB xodimlari qoidabuzar haydovchiga nisbatan ma’uriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Qarzdorlikni undirish maqsadida “Lasetti” vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Haydovchidan nega bunday qilgani so‘ralganda u radardan qochish uchun boshqa raqam taqib harakatlanganini aytgan.
Qayd etilishicha, jarimalarning jami miqdori taxminan 50 mln so‘m atrofida bo‘lgan.
Mavzuga oid

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

11:41 / 16.04.2025
Moped va skuter haydovchilari uchun guvohnoma talab qilish muddati 1 oktyabrgacha uzaytirildi

20:14 / 13.04.2025
«Radar ovlovchi» – Andijonda haydovchi 52 ta radarni pnevmatik miltig‘i bilan ishdan chiqardi

16:12 / 10.04.2025