Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi
Katta tezlikda harakatlangan Range Rover Lacetti’ga urilgan. Oqibatda mashinaning yarmi pachaqlanib yig‘ilib borgan.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqand shahrida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 10 oktyabr kuni soat 01:00 larda ro‘y bergan.
Haydovchi Range Rover mashinasini Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida yuqori tezlikda boshqarib kelib boshqaruvni yo‘qotgan.
Shunda Range Rover o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Lacetti’ning orqa tomonidan, so‘ng yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas’ga kelib urilgan.
Oqibatda Lacetti haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

12:00 / 05.06.2025
Xorazmda yosh yigit boshqaruvidagi Tracker kanalga quladi

16:44 / 04.06.2025