Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlandi.
Ilhom Sobirov 1974 yilda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Guliston davlat universitetini, 2006 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida “O‘zpaxtasanoat” AJda bosh texnik, mutaxassis, bosh muhandis, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasida shu’ba mudiri kabi lavozimlarda ishlagan.
Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasi standartlar va innovatsiyalarni joriy qilish hamda grantlarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
U yangi lavozimida Botirjon Hamroyev o‘rnini egalladi, u 2019 yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Mavzuga oid

22:28 / 03.06.2025
Andijonda 6 ta mashina ishtirokida YTH sodir etildi

21:23 / 02.06.2025
Andijonda fuqaro zapravka hududida 2 ta bo‘ri boqib kelgani ma’lum bo‘ldi

15:25 / 02.06.2025
Ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlandi

19:03 / 28.05.2025