Samarqandda Damas yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
Damas haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Foto: Samarqand viloyati IIB
Samarqand viloyatining Jomboy tumani, "Dehqonobod" MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1069-kmda YTH sodir bo‘ldi.
Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xabariga ko‘ra, Damas avtomashinasi harakat davomida rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa kelib urilgan va ag‘darilgan.
Oqibatda Damas haydovchisi tan jarohatlari olib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Jomboy tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 22.04.2025
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi

19:46 / 22.04.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni Samarqandga keladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

17:56 / 18.04.2025