Senat raisi Jyenevada o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq assambleyasida ishtirok etmoqda
Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jyeneva shahrida o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 149-Assambleyasida faol ishtirok etmoqda.

Foto: Senat axborot xizmati
Tashrif doirasida vakillar bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Tanzila Norboyeva Jyenevaga rasmiy tashrifi doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktori Jilber Ungo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ham aynan hamkorlikning yangi bosqichi, oldingi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning holati va natijalariga e’tibor qaratildi.
Jumladan, munosib mehnat tamoyillarining tizimli tatbiq etilishi hamda XMT bilan ijtimoiy adolat Global koalitsiyasi doirasidagi hamkorlik va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi farovonligi sari yuksaltirishga qaratilgan dasturning joriy etilganligi, unda Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan standartlar inobatga olinganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Parlamentlararo ittifoqning 149-Assambleyasi doirasida O‘zbekiston kuni tashkil etildi.
Unda turli mamlakatlarning delegatsiyalari, parlament a’zolari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, kelgusi yilning aprel oyida rejalashtirilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi munosabati bilan O‘zbekiston taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi

12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi

19:32 / 25.04.2025
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi

22:34 / 05.04.2025