Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
Chilonzor tumanida Lacetti yo‘lni belgilanmagan qismdan kesib o‘tayotgan ikki piyodani urib yuborgan. Haydovchi va piyodalar halok bo‘lgan.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida Lacetti boshqaruvidagi haydovchi ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Holat 22 oktyabr kuni soat 06:20 larda Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan. Mashina piyodalarni urib yuborib, daraxt bilan to‘qnashgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi va piyodalar olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

13:02 / 24.04.2025
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

19:37 / 23.04.2025