Prezident maxsus vakili BMT jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi vakili bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida noqonuniy giyohvand moddalarni iste’mol qilish va savdosini kamaytirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish, terrorizmga qarshi kurashishda mintaqa davlatlarining tegishli idoralari bilan hamkorlikda ishlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Oliver Shtolpe O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini rivojlantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettirish va fikr almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

21:12 / 05.04.2025
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

18:57 / 02.04.2025