O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
Mamlakat harbiylari Markaziy Osiyoda eng kuchli sifatida qayd etilgan.

Amerikaning U.S.News & World Report nashri mutaxassislari tomonidan tuzilgan dunyoning eng kuchli armiyalari ro‘yxatida O‘zbekiston 19-o‘rinni egalladi.
Nyu-Yorkda joylashgan jurnalning reytingida jami 89 davlat o‘rin olgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekistondan tashqari Qozog‘iston ham bor va ro‘yxatda 22-o‘rinni egallagan.
Rossiya eng kuchli armiyalar reytingida birinchi o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarda AQSh va Isroil qayd etilgan.
Eng kuchli 10 talik quyidagicha:
- Rossiya;
- AQSh;
- Isroil;
- Xitoy;
- Janubiy Koreya;
- Eron;
- Buyuk Britaniya;
- Ukraina;
- Germaniya;
- Turkiya.
Sobiq sovet mamlakatlari hisobga olinsa, Belarus 12-o‘rin bilan O‘zbekistondan oldinda joylashgan.
Jadvalning quyi qismida Yangi Zelandiya, Litva, Lyuksemburg, Latviya va Singapur kabi davlatlar joy olgan.
2024 yilda O‘zbekiston Global Firepower talqini bo‘yicha eng kuchli armiyalar reytingida 145 davlat ichida 65-o‘rinni egalladi. 2023 yilga nisbatan mamlakat uch pog‘onaga tushib ketdi, biroq mintaqadagi yetakchiligini saqlab qoldi. Reytingda Qozog‘iston 58-, Turkmaniston 83-, Qirg‘iziston 100- va Tojikiston 107-o‘rinni egalladi.
Global Firepower O‘zbekistonning mudofaa budjetini 796,8 million dollar deb baholamoqda, harbiy xizmatchilar soni esa 48 ming kishini tashkil etadi.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025