Navoiydagi cho‘lda 10 nafar yigit pichoqlashdi
Oqibatda bir yigit halok bo‘ldi, qotil 15 yilga «kesildi».

Foto: Yoshlar telekanali
Navoiy viloyati, Konimex tumanidagi janjal oqibatida bir yigit halok bo‘ldi. Bu haqda «Yangi Davr» ko‘rsatuvida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, hodisa kelishmovchilik ortidan yuz bergan. Ikki aka-uka «ko‘cha tili»da gaplashib olish uchun raqibini cho‘lga chaqirgan. U esa 7 nafar do‘sti bilan qurollangan holda yetib kelgan. Janjal esa pichoqbozlikka aylangan. Yakunda ov miltig‘idan osmonga o‘q uzilgan.
Janjal paytida yigitlardan biri boshqasiga ikki marta pichoq urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish Uchquduq tuman sudida ko‘rib chiqildi. 8 nafar sudlanuvchi 1 yildan 3,5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.
Qotillikda ayblangan yigit bo‘lsa Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l» bandi (Bezorilik oqibatida qasddan odam o‘ldirish) va 277-moddasi 3-qismi «a» bandi (Takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan aybli deb topilib, 15 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

21:18 / 10.04.2025