"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi xitoy tilida nashr etildi
Mamlakatning Pekindagi elchixonasi tashabbusi bilan "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bilan birgalikda "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi ilk bor xitoy tilida risola shaklida nashr etildi.

Foto: Dunyo
Tarjima Xitoy Markaziy Millatlar universiteti dotsenti Dilsora Mirzaahmedova tomonidan amalga oshirildi.
Mazkur qo‘llanma Xitoyning siyosiy, ilmiy-tahliliy, ishbilarmon doiralari va keng jamoatchiligini "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida yurtimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar jarayoni va ularning mazmun-mohiyati bilan tanishtirishga mo‘ljallangan.
Shuningdek, xitoy tilidagi "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi elchixona tomonidan o‘tkazilayotgan davra suhbatlari, uchrashuvlar, brifinglar, va taqdimotlarda keng tarqatiladi.
Mavzuga oid

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

14:20 / 09.06.2025
Putin Rossiya flotini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi

17:16 / 10.04.2025
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi

16:21 / 23.01.2025