Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda mudira bog‘chadan 10 kilodan oshiq baliq, qariyb 10 kilocha go‘sht, guruch yog‘ va boshqa mahsulotlarni olib ketayotgani ko‘rinadi.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Ohangaron tumanidagi 31-sonli bog‘chada mudira bolalarga berilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotganda ushlangani haqida video tarqaldi.
Videoda bog‘cha mudirasiga tegishliligi aytilayotgan “Kobalt” yukxonasida 10 kilodan oshiq baliq, qariyb 10 kilo go‘sht, guruch, yog‘ va boshqa mahsulotlar borligi tasvirlangan.
Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, holat 2024 yil 22 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
31-sonli bog‘cha rahbari davlat tomonidan bolalarga ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini talon-toroj qilayotganda jamoatchilik tomonidan ushlab qolingan.
Qayd etilishicha, o‘sha kunning o‘zida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan mas’ullardan iborat ishchi guruh tuzilib o‘rganish olib borilgan.
Ayni paytda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ham nazoratga olingan. Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi

10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi

14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

22:20 / 10.05.2025