O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi O‘zbekiston-Yevropa munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari hamda Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabdan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami uchun turli yuklarni yetkazib berishda foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Terxi Xakala O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyani mustahkamlash, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Mavzuga oid

12:35 / 25.04.2025
Afg‘oniston «Hayraton – Mozori Sharif» temiryo‘li bo‘yicha O‘zbekiston bilan shartnomani uzaytirdi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025