2024 yilda o‘qish uchun xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
2024 yilda o‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Tojikistonga borgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 30,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 foizga oshgan.
Joriy yilning 9 oyida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Tojikiston — 11 409 nafar;
- Rossiya — 7 301 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar;
- Turkiya — 2 195 nafar;
- Janubiy Koreya — 1 839 nafar;
- Qozog‘iston — 1 372 nafar;
- Buyuk Britaniya — 693 nafar;
- Xitoy — 672 nafar;
- AQSh — 486 nafar;
- BAA — 295 nafar;
- Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.
Mavzuga oid

19:32 / 19.04.2025
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025