Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
AQShda harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish uchun maxsus qonun qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Pentagon askar va ofitserlarning ruhiy salomatligini kuzatishga majbur.

Foto: Getty Images
AQSh Mudofaa vazirligi 2023 yil yakunlari bo‘yicha harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilishga oid 523 ta holatni qayd etdi — bu 2022 yilga nisbatan 6 foizga ko‘p.
Pentagon rahbari Lloyd Ostin harbiy xizmatchilar uchun psixologik yordam sifati va undan foydalanish imkoniyatini oshirishga chaqirdi.
AQSh harbiy idorasi hisobotida amaldagi tarkib, rezervdagilar, Milliy gvardiya, shuningdek, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari orasidagi o‘z joniga qasd qilish va o‘z joniga qasd qilishga urinishlarga oid ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko‘ra, shaxsiy tarkib orasida o‘z joniga qasd qilish holati 12 foizga, rezervdagilar orasida esa 8 foizga oshgan. Milliy gvardiyada xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar orasida esa ushbu ko‘rsatkich 5 foizga kamaygan.
Pentagonning qayd etishicha, 2023 yilda suitsidlar soni oshganiga qaramay, statistik ma’lumotlar uzoq muddatli tendensiyalarga mos keladi va barqaror bo‘lib qolmoqda.
AQShda harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish uchun maxsus qonun qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra Pentagon askar va ofitserlarning ruhiy salomatligini kuzatishga majbur. 2022 yildan beri AQShda vazirlikning harbiy xizmatchilar orasida suitsidlarga qarshi kurash faoliyatini baholovchi mustaqil qo‘mita faoliyat yuritib kelmoqda.
Mavzuga oid

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

23:25 / 24.04.2025
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025
90 foiz uylar vayron bo‘lgan G‘azo, Kashmirdagi teraktda ayblanayotgan Pokiston va barbod bo‘lgan London muzokaralari - kun dayjesti

09:50 / 24.04.2025