Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
AQShda Mayk Tayson va bloger Jyeyk Pol o‘rtasida o‘tkazilgan jang afsonaviy bokschining mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Foto: Getty images
Professional maqomda o‘tgan har biri ikki daqiqadan sakkiz raundchaga mo‘ljallangan boks jangi Texasning Arlington shahrida o‘tkazildi. 8 raund davom etgan jangda 27 yoshli bloger Jyeyk Polning ustunligida o‘tdi va u 58 yoshli afsonaviy bokschi Mayk Taysonni ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu Jyeykning faoliyatidagi 11-g‘alabasiga aylandi, Taysonning professional faoliyatidagi 7-mag‘lubiyat sifatida qayd etildi. Pol bungacha yozda UFC jangchisi Mayk Perrini mag‘lub etgandi. Mayk Tayson esa so‘nggi marta 2020 yilda Roy Jonsga qarshi ringga chiqib, durang qayd etgandi. Bu uning 15 yillik tanaffusdan keyingi ilk jangi bo‘lgandi.
Ushbu jang orqali 27 yoshli Jyeyk 40 million dollar, boks afsonasi Tayson esa atigi 20 million dollar gonorar olishi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, amerikalik bloger Jyeyk Pol YouTubedagi kanali bilan tanilgan bo‘lib, bu borada eng serdaromad blogerlardan biri sanaladi.
Mavzuga oid

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025