Yakkasaroy tumanida «Isuzu» va Cobalt to‘qnashdi
YTH natijasida jarohatlanganlar yo‘q.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 29 noyabr kuni soat taxminan 20:00 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasi «Olot somsa» kafesi qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
2000 yilda tug‘ilgan haydovchi X.A. boshqaruvidagi «Isuzu» hamda 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi S.D. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtotransport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
YTH natijasida jarohatlanganlar yo‘q.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:10 / 11.06.2025
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:09 / 08.06.2025
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi

12:00 / 05.06.2025